Yuklangan fayl
Tezis.docx
HUQUQNI MUHOFAZA QILISH FAOLIYATIDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
Ch.J.Yuldasheva talaba, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi
J.B.Samadov talaba, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi
Anotatsiya: Ushbu tezisda huquqni muhofaza qilish faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning nazariy-huquqiy asoslari hamda konseptual yondashuvlari yoritilgan. Unda sun’iy intellekt tizimlarining kriminalistik tahlil, jinoyatlarni aniqlash, tezkor-qidiruv faoliyatini optimallashtirish va jinoyatlarning oldini olishdagi amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Sun’iy intellektdan foydalanishni huquqiy jihatdan tartibga solish, algoritmik qarorlarning huquqiy maqomi, ularning ishonchliligi hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqilgan. “inson nazorati ostidagi sun’iy intellekt” tamoyili, algoritmik shaffoflik, hisobdorlik hamda riskka asoslangan tartibga solish yondashuvlarining huquqiy ahamiyati asoslab berilgan.
Abstract: This thesis examines the theoretical and legal foundations as well as conceptual approaches to the use of artificial intelligence technologies in law enforcement activities. It analyzes the practical significance of AI systems in criminalistic analysis, crime detection, optimization of operational-search activities, and crime prevention. The study also addresses issues related to the legal regulation of the use of artificial intelligence, the legal status of algorithmic decision-making, their reliability, and the protection of personal data. Furthermore, it substantiates the legal importance of the “human-in-the-loop” principle, algorithmic transparency, accountability, and risk-based regulatory approaches.
Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, huquqni muhofaza qilish faoliyati, kriminalistika, tezkor-qidiruv faoliyati, jinoyatchilikning oldini olish, algoritmik qarorlar, huquqiy tartibga solish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, algoritmik shaffoflik, hisobdorlik, “inson nazorati ostidagi sun’iy intellekt”, riskga asoslangan yondashuv.
Keywords: artificial intelligence, law enforcement activity, criminalistics, operational-search activity, crime prevention, algorithmic decision-making, legal regulation, personal data protection, algorithmic transparency, accountability, human-in-the-loop, risk-based approach.
Bugungi kunda dunyoda zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa, sun’iy intellekt texnologiyalari barcha sohalarda, jumladan, huquqni muhofaza qilish tizimida muhim o‘rin egallamoqda. Bu texnologiyalar o‘zgarishlar va innovatsiyalarni yuzaga keltirishda poydevor vazifasini o‘tamoqda. Sun’iy intellektning huquqni muhofaza qilish faoliyatida, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari va sud tizimida qo‘llanilishi – bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarini odil sudlov, huquqni muhofaza qilish va xavfsizlik tizimlariga integratsiya qilish bilan bog‘liq imkoniyatlar va muammolarni tahlil qilish, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni almashish, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha muvaffaqiyatli amaliy keyslarni muhokama qilish hamda odil sudlov, huquqni muhofaza qilish va xavfsizlik tizimlariga sun’iy intellektni samarali joriy etish uchun strategik tavsiyalar, qonunchilik bazasini takomillashtirishga oid takliflar va amaliy ilmiy yondashuvlarni ilgari surish uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi[1].
•1. Huquqni muhofaza qilish faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanish mohiyati. Huquqni muhofaza qilish – bu jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilikning sun’iy intellekt oldini olish hamda unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat faoliyatidir. Shu nuqtai nazardan, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish nafaqat texnik zaruriyat, balki xavfsizlikni ta’minlashning sifat jihatidan yangi bosqichidir. Nazariy jihatdan qaraganda, huquqni muhofaza qilish tizimida sun’iy intellektdan foydalanishning mohiyati katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, ular orasidagi bog‘liqlik va qonuniyatlarni aniqlash hamda ushbu tahlillar asosida prognoz qilish imkoniyatini yaratishdan iboratdir. Bu jinoyatchilikni faqat sodir bo‘lgandan keyin emas, balki oldindan bashorat qilish va uning oldini olish strategiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi. Biroq, ushbu texnologiyaning keng joriy etilishi bir qator nazariy va amaliy muammolarni ham yuzaga keltiradi. Algoritmik adolatsizlik, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi, hamda Sun’iy intellekt qarorlarining shaffofligi masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shu sababli huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish va etik tamoyillarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi[2].
•Huquqni muhofaza qilishda sun'iy intellektning o'rni. Sun’iy intellekt zamonaviy axborot texnologiyalarining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u inson aqliy faoliyatiga xos bo‘lgan tahlil qilish, qaror qabul qilish va prognozlash jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimlar orqali amalga oshirish imkonini beradi. Huquqni muhofaza qilish faoliyatida sun’iy intellektning o‘rni, avvalo, jinoyatchilikni aniqlash, uning oldini olish va tezkor tergov jarayonlarini tashkil etish bilan belgilanadi. An’anaviy yondashuvda huquqni muhofaza qiluvchi organlar asosan sodir etilgan jinoyatlarga reaksiya bildirgan bo‘lsa, sun’iy intellektning joriy etilishi orqali “proaktiv” yondashuv, ya’ni jinoyatni oldindan bashorat qilish va uni sodir bo‘lishidan avval bartaraf etish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Bu jinoyat sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlar, vaqt oralig‘i va xavf omillarini aniqlash imkonini beradi. Natijada huquqni muhofaza qilish organlari resurslarni yanada samarali taqsimlab, tezkor va asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Amaliyotda sun’iy intellekt videokuzatuv tizimlari orqali shubhali harakatlarni aniqlash, yuzni tanish texnologiyalari yordamida shaxslarni identifikatsiya qilish, biometrik ma’lumotlar asosida tekshiruvlarni amalga oshirish hamda raqamli kriminalistika jarayonida elektron dalillarni tahlil qilish kabi yo‘nalishlarda keng qo‘llanilmoqda. Bu texnologiyalar tergov jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi va aniqlik darajasini oshiradi. Sun’iy intellekt algoritmlari asosida ishlovchi tizimlar jinoyat statistikasi va xavf darajasini tahlil qilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tavsiyalar berishi mumkin[3].
•Sun’iy intellekt asosidagi boshqaruv modeli. Sun’iy intellekt asosidagi boshqaruv modeli inson omilini kamaytirgan holda tizimlarni avtomatik tarzda tahlil qilish va qaror qabul qilish imkonini beradi. Bunday model zamonaviy raqamli transformatsiyaning muhim natijasi bo‘lib, u boshqaruv jarayonlarini ma’lumotlarga asoslangan algoritmik yondashuvga o‘tkazadi. Natijada qaror qabul qilish jarayoni subyektiv fikrlarga emas, balki real vaqt rejimidagi aniq ma’lumotlar va matematik modellar asosiga tayanadi.
•Mazkur modelning asosiy tuzilmasi bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, avvalo turli manbalardan katta hajmdagi ma’lumotlar yig‘iladi. Ushbu ma’lumotlar sensorlar, axborot tizimlari, videokuzatuvlar, elektron bazalar yoki internet tarmoqlaridan olinishi mumkin. Keyingi bosqichda sun’iy intellekt algoritmlari ushbu ma’lumotlarni tahlil qilib, ularning o‘zaro bog‘liqligini aniqlaydi hamda muhim tendensiyalarni ajratib ko‘rsatadi. Shu asosda tizim muqobil qaror variantlarini ishlab chiqadi va eng optimal yechimni taklif etadi yoki avtomatik tarzda amalga oshiradi.
•Sun’iy intellekt asosidagi boshqaruv modelining eng muhim afzalliklaridan biri uning tezkorligi va uzluksiz ishlash qobiliyatidir. U real vaqt rejimida katta hajmdagi axborotni qayta ishlay oladi va vaziyat o‘zgarishiga mos ravishda qarorlarni yangilab boradi. Bu xususiyat ayniqsa huquqni muhofaza qilish, jamoat xavfsizligi, transport boshqaruvi va favqulodda vaziyatlarni boshqarish tizimlarida juda katta ahamiyatga ega. Ushbu model prognozlash funksiyasiga ega bo‘lgan holda, tarixiy ma’lumotlar va statistik tahlillar asosida kelajakdagi ehtimoliy holatlarni oldindan aniqlash imkonini beradi. Masalan, jinoyatchilik darajasining oshishi mumkin bo‘lgan hududlar, xavfli zonalar yoki resurs yetishmovchiligi ehtimoli oldindan tahmin qilinadi. Kiberxavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari ham muhim o‘rin tutadi. Shu sababli sun’iy intellekt asosidagi boshqaruv modelini joriy etishda faqat texnik yondashuv emas, balki huquqiy, etik va ijtimoiy jihatlar ham hisobga olinishi lozim. Tizimlar shaffof bo‘lishi, ularning qaror qabul qilish mexanizmlari tushunarli bo‘lishi va inson nazorati saqlanib qolishi zarur.
•Innovatsion boshqaruv modeli. Innovatsion boshqaruv modeli – bu huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini zamonaviy axborot texnologiyalari, ilmiy yondashuvlar va raqamli yechimlar asosida takomillashtirishga qaratilgan boshqaruv tizimidir. Ushbu modelning asosiy maqsadi jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, huquqiy tartibni ta’minlash jarayonlarini optimallashtirish hamda tezkor va asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini yaratishdan iboratdir. Mazkur model an’anaviy boshqaruvdan farqli ravishda sub’ektiv yondashuvga emas, balki ma’lumotlar tahlili, statistik modellar va raqamli texnologiyalarga asoslanadi. Shu orqali huquqni muhofaza qilish tizimi “reaktiv” yondashuvdan “proaktiv” yondashuvga o‘tadi, ya’ni jinoyat sodir bo‘lgandan keyin emas, balki uning oldini olishga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqiladi.
•Innovatsion boshqaruv modeli doirasida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida bir qator zamonaviy texnologiyalar muhim o‘rin tutadi. Xususan:
• Sun’iy intellekt jinoyatlarni tahlil qilish, prognoz qilish va qaror qabul qilish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
• Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash orqali jinoyatchilikning hududiy va vaqtinchalik qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradi.
•IoT esa videokuzatuv kameralari, sensorlar va boshqa qurilmalar orqali real vaqt rejimida ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi.
•Raqamli platformalar va bulutli tizimlar esa huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasida yagona axborot almashuv muhitini shakllantiradi. Model jinoyatchilikning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Sun’iy intellekt asosidagi tahlil tizimlari jinoyat sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlar va xavf omillarini aniqlab, oldindan chora ko‘rish imkonini beradi. Bu jamoat xavfsizligini ta’minlashning yangi bosqichini shakllantiradi. Biroq innovatsion boshqaruv modelini joriy etishda bir qator muammolar ham mavjud. Jumladan, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi, kiberxavfsizlik, algoritmik adolat va qarorlar shaffofligi masalalari dolzarb hisoblanadi. Shu sababli ushbu tizimlarni joriy etishda huquqiy asoslar va etik me’yorlarga qat’iy rioya etish zarur[4].
Foydalanilgan adabiyotlar
•https://proacademy.uz/uz-lat/news/view?alias=2337
•Russell, S., &Norvig, P. Artificial Intelligence: A Modern Approach. 4th ed. Pearson, 2021.
•F. Yuldashev. Integration of Technologies in Physical Education and Sports Training. – The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2025. – 55–63-betlar.
•United Nations Office on Drugs and Crime. Handbook on the Use of Artificial Intelligence in Law Enforcement, 2023